Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT OILA POLIKLINIKASIDAGI MAVJUD HOLAT BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN EKOLOGIK MUAMMO JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya
янв.21
Kosonsoy tumanida “Dolzarb 90 kun” dasturi va yozgi ta’til tadbirlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
SAYYOR QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
янв.21
Istiqlol” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi 4-Istiqlol saylov okrugi deputati D.Tojiboyev tomonidan tumandagi “Istiqlol” mahallasi hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
AHOLI MUROJAATI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 17-Bog‘ishamol saylov okrugidan saylangan deputati Muzaffar Alimxanov tomonidan Bog‘ishamol mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Kelajak markazi binosini holati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi kotibiyati mudiri X.Ibragimova, shahar Kengashi deputatlari O‘zLiDeP a’zosi N.Uralova va O‘zXDP a’zosi U.Abdunazarov Bekobod shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli “Kelajak" markazi binosida olib borilayotgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi “Kelajak” markazlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 776-sonli qarori asosida maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ularni zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish maqasadida tashkil etilgan. Bugungi kunda mazkur markazda 25 ta to‘garak faoliyat yuritib, 782 nafar o‘quvchilar qamrab olingan. Bino atrofidagi eski ko‘rinishdagi nurab qolgan devorlar olib tashlanib, zamonaviy qiyofadagi temir panjaralar, piyodalar yo‘lakchasi barpo etilmoqda, shuningdek, obodonlashtirilib, turli xil gullar ekilmoqda. Tanishuv jarayonida tegishli tavsiya va maslahatlar berildi.  

Slide 1 of 3