Mahalliy hokimliklar va mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini hamda deputatlar salohiyatini oshirishda xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining ijobiy tajribasini ommalashtirish maqsadida USAID mahalliy davlat hokimiyatini rivojlantirish loyihasi asosida "Mahalliy hokimliklar va mahalliy Kengashlarning qonun hujjatlariga muvofiq huquq va majburiyatlarini amalga oshirishda o‘zaro tajribalarni almashish" mavzusidagi seminar trening o‘tkazildi.
Unda xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Ulug‘bek Bobojonov, deputatlar ishtirok etib, boshqa tuman va shahar kengashlari, deputatlariga tumanda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan va tajribalar bilan bo‘lishishdi.