Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Ruslan Ro‘ziyev Baymurat OFY Qalmuratqazg‘on ovuli fuqarolari bilan uchrashuvida fuqaro Qaldarbekov Raqmet tomonidan ovulda bolalar bog‘chasi qurishda amaliy yordam so‘rab tuman hokimiga murojaat qilgandi. Ushbu murojaat yuzasidan bugun tuman Kengashi raisi Ruslan Ro‘ziyev Qalmuratqazg‘on ovulida bo‘lib, ovulda zamonaviy bo‘g‘cha qurilishiga tamal toshini qo‘yish marosimida ishtirok etdi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda sektor rahbarlari, mahalla mas‘ullari, nuroniylar, yoshlar ishtirok etdi. Bog‘cha 60 o‘rinli bo‘lib, muassasa zamonaviy usulda o‘yin maydonchasi, oshxona, sport zali jahon standartlari asosida jihozlanishi rejalashtirilgan