Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT OILA POLIKLINIKASIDAGI MAVJUD HOLAT BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN EKOLOGIK MUAMMO JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya
янв.21
Kosonsoy tumanida “Dolzarb 90 kun” dasturi va yozgi ta’til tadbirlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
SAYYOR QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
янв.21
Istiqlol” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi 4-Istiqlol saylov okrugi deputati D.Tojiboyev tomonidan tumandagi “Istiqlol” mahallasi hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
AHOLI MUROJAATI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 17-Bog‘ishamol saylov okrugidan saylangan deputati Muzaffar Alimxanov tomonidan Bog‘ishamol mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Prezident Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari tantanali ravishda taqdirlandi

#e'tirof (http://t.me/toshvilpressa)

Prezident Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari tantanali ravishda taqdirlandi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Prezident Olimpiadasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan viloyat yosh sportchilari, ularning ustoz-murabbiylari hamda ota-onalari bilan uchrashib, yuksak natijalar bilan qutladi.

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan Prezident Olimpiadasi viloyatimiz sportchilari uchun hayajonli damlar va zafarli natijalarga boy bo‘ldi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahslarda Toshkent viloyati yoshlari 18 ta oltin, 8 ta kumush va 31 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni, jami medallar soni bo‘yicha esa 1-o‘rinni egalladi.

Viloyat hokimi ushbu salmoqli yutuqlar bilan yosh sportchilarni, ularning ustoz-murabbiylari hamda fidoyi ota-onalarini samimiy muborakbod etar ekan, bu natijalar katta mehnat, qunt va sabr-toqat mahsuli ekanini alohida qayd etdi.

Shuningdek, musobaqaning mintaqaviy va viloyat bosqichlarida saralangan 230 nafar eng kuchli sportchi Respublika finalida viloyat sharafini himoya qilgani ta’kidlandi.

Ayniqsa, boks, yunon-rum kurashi va stol tennisi bo‘yicha jamoalarning muvaffaqiyatli ishtirok etgani e’tirof etildi. Shuningdek, yengil atletika bo‘yicha S. Nusratullayevaning 2000 metrga to‘siqlar bilan yugurish yo‘nalishida 6 daqiqa 39,6 soniya natija ko‘rsatib, 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar orasida O‘zbekiston rekordini o‘rnatgani musobaqaning eng quvonchli voqealaridan biri sifatida qayd etildi.

Tadbir yakunida Prezident Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari, shuningdek, ularning ustoz-murabbiylari hamda sport musobaqalarida katta hissa qo‘shgan mas’ullar munosib taqdirlandi. 

Shuningdek, joriy yilda jahon chempionatida nafaqat viloyatimiz, balki respublikamiz sharafini munosib himoya qilib, O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori cho‘qqilarga olib chiqqan chempionlar ham alohida taqdirlandi. 

Viloyat hokimi yosh sportchilarni kelgusida ham Vatan sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilishga, bayrog‘imizni yuksak pog‘onalarga ko‘tarishga chaqirib, ularga muvaffaqiyat va yangi zafarlar tiladi.

Slide 1 of 10