Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT OILA POLIKLINIKASIDAGI MAVJUD HOLAT BILAN TANISHDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN EKOLOGIK MUAMMO JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN FUQAROLAR MUROJAATI O‘RGANILDI
янв.21
Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya
янв.21
Kosonsoy tumanida “Dolzarb 90 kun” dasturi va yozgi ta’til tadbirlari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
SAYYOR QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
янв.21
Istiqlol” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi 4-Istiqlol saylov okrugi deputati D.Tojiboyev tomonidan tumandagi “Istiqlol” mahallasi hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi.
янв.21
AHOLI MUROJAATI DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 17-Bog‘ishamol saylov okrugidan saylangan deputati Muzaffar Alimxanov tomonidan Bog‘ishamol mahallasida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Kutubxona faoliyati o‘rganildi: mavjud holat va dolzarb vazifalar muhokamada

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Nigoroy Rustamova hamda Kengash kotibiyati mudiri Voxid Xasanov tomonidan Alisher Navoiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mazkur kutubxona binosi yaqinda rekonstruksiya ishlari yakunlangan holda foydalanishga topshirilgani, o‘quv zallari, kitoblarni saqlash xonalari hamda kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

️Shu bilan birga, rekonstruksiya ishlari doirasida ayrim yakuniy bosqichdagi ishlar hali to‘liq tugallanmagani aniqlandi. Jumladan:

binoning ikki yon qismida beton qoplama (stiajka) ishlari yakuniga yetkazilishi;

binodan chiqadigan chiqindi suv tarmog‘ini shahar markaziy kanalizatsiya tizimiga ulash;

binoning tashqi qismiga zamonaviy LED ekran o‘rnatish ishlari hali davom etmoqda.

️Mas’ullar tomonidan ushbu ishlar yaqin kunlarda to‘liq yakunlanishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, o‘rganish davomida kutubxona fondidagi kitoblar hozirda amaldagi saqlash standartlariga to‘liq mos sharoitda joylashtirilmagani qayd etildi. Shu munosabat bilan binoning yerto‘la (podval) qismi ta’mirlanib, zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlangach, kitoblarni ushbu hududga ko‘chirish zarurligi bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Kutubxona mas’ullari tomonidan ushbu masalalarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan murojaat bildirildi.

 Mazkur o‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.