Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🔰Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 19-sessiyasi
янв.21
🔰Xalq deputatlari Kososnsoy tumani Kengashi deputati Nozima Ismailova fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazd
янв.21
🔰Kosonsoy tumanida mahallalar faoliyati o‘rganilmoqda
янв.21
🔰Hududdagi muammo o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan kam ta’minlangan oila xonadoni devori qayta tiklandi
янв.21
Salomatlik — eng katta boylik: “Iftixor” MFYda keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etild
янв.21
Yoshlar va deputatlar hamjihatligi: “Iftixor” MFYda manzilli yordamlar ko‘rsatildi
янв.21
🔰DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILMOQDA
янв.21
Uzunqishloq MFYda “Muqaddas” qabristoni yo‘llari obod qilinmoqda: aholi tashabbusi amalda
Hududdagi muammolarga ijobiy yechim topilmoqda

✅ Tuman Kengashi deputati A.Sirojiddinovning tashabbusi hamda homiylar ko‘magi asosida Chekmirzaobod mahalla fuqarolar yig‘inida aholi uchun muhim bo‘lgan infratuzilma masalalarini hal etish borasida amaliy ishlar olib borildi.

✅ Xususan, mahalla hududidagi Tezob ko‘chasining 330 metr qismi to‘liq asfaltlashtirilib, yo‘l qatnovi uchun qulay va xavfsiz holatga keltirildi. Mazkur ishlar natijasida nafaqat transport vositalari harakati yaxshilandi, balki piyodalar, ayniqsa, bolalar va keksa yoshdagi fuqarolar uchun ham qulay sharoit yaratildi.

Amalga oshirilgan ushbu loyiha hudud aholisining uzoq yillik muammolaridan birini bartaraf etishga xizmat qilib, ko‘chaning obodonlashuvi va mahallaning umumiy infratuzilmasi yanada yaxshilanishiga zamin yaratdi.

Slide 1 of 8