Tashrif davomida sport inshootini yangilash, uni zamonaviy talablar asosida jihozlash va o‘quvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Mas’ullar bilan bo‘lgan muloqot chog‘ida ta’mirlash ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash muhimligi alohida ta’kidlandi. Shu bois, ta’lim muassasalaridagi sport infratuzilmasini yaxshilash doimiy e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda.Tashrif yakunida mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, ta’mirlash ishlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.