O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-yanvardagi “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi 668-sonli Qonunining shahardagi ijrosi o‘rganildi.
🔰Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati mudiri O. Abdullayev hamda deputat
F. Mashkurova tomonidan shahar madaniyat bo‘limining faoliyati atroflicha tahlil qilindi.
➡️O‘rganish jarayonida madaniyat muassasalarida olib borilayotgan ishlar, aholiga, yoshlarga ko‘rsatilayotgan madaniy xizmatlar sifati, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari muhokama etildi.
✔️Shuningdek, qonun ijrosini samarali ta’minlash, madaniyat sohasini yanada rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.
#deputatlik_faoliyati