Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Косонсой тумани Кенгашининг навбатдаги сессияси ўтказилди
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining haftalik ish rejasi asosida deputatlar tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining haftalik ish rejasi asosida deputatlar tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Kosonsoy tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Deputatlar Investitsiya dasturiga tushgan loyihalarni o‘rgandi
янв.21
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi deputati Nigora Qodirova Jar va Qorasuv MFY fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
G’o‘rmiron MFY dagi Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
Пайшанба-депутатлар фаолияти куни
янв.21
Косонсой туманида аҳоли муаммолари ўрганилиб, мурожаатларга ечим топилмоқда
янв.21
Kosonsoy tumanida 2025-yil davomida Kengash deputatlari tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari yuzasidan ma’lumotnoma.
Deputat nazorati

🔹Avval xabar qilinganidek, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Ermatov tomonidan “Zuxro” MFY hududida joylashgan 36-maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari deputat nazoratiga olingan edi.

🔹Mazkur jarayonning davomi sifatida deputat A.Ermatov kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova hamrohligida obyektga yana borib, amalga oshirilayotgan ishlar holatini yana bir bor o‘rgandi.

🔹Nazorat davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining bugungi holati, bajarilgan ishlar sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda foydalanilayotgan qurilish materiallarining talab darajasida ekanligi ko‘zdan kechirildi.

🔹Shuningdek, pudrat tashkiloti — “TEXNO GEO STROY” MCHJ mas’ullari bilan olib borilgan muloqotda ishlarning joriy bosqichi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va obyektni o‘z vaqtida topshirish masalalari muhokama qilindi.

🔹Deputat tomonidan ilgari berilgan tavsiyalar ijrosi yuzasidan ham o‘rganish olib borilib, qurilish jarayonining sifatli va shaffof tashkil etilishi yuzasidan qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

🔹Mazkur obyekt bo‘yicha deputat nazorati davom ettiriladi.

Slide 1 of 3