Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Пайшанба-депутатлар фаолияти куни
янв.21
Косонсой туманида аҳоли муаммолари ўрганилиб, мурожаатларга ечим топилмоқда
янв.21
Kosonsoy tumanida 2025-yil davomida Kengash deputatlari tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari yuzasidan ma’lumotnoma.
янв.21
📚Ёшлик МФЙда “Маҳалла ҳуқуқшуноси” лойиҳаси доирасида очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Халқ депутатлари Косонсой туман Кенгашининг навбатдаги ўн олтинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Maʼrifat ulashib..
янв.21
Har payshanba deputatlar faoliyati markazda
янв.21
“Open Budget” loyihasi yuzasidan muhokama yig‘ilishi
янв.21
Kosonsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli maktablarda ta’lim tarbiya ishlari o'rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–172-sonli farmoni ijrosini tumanda to‘liq va sifatli ta’minlash maqsadida mas’ul ishchi guruh tomonidan 2026-yil 28-yanvar kuni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Olmazor tumanida ta’lim rivoji - deputatlar e’tibor markazida

Qo‘shma o‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatlari: 8-Tabassum saylov okrugi deputati S. Ismailov va 21-Namuna saylov okrugi deputati D. Rahmatullayev (kotibiyat mudiri) 234-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida maktabda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, shuningdek bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Uchrashuvda maktabning “Open budjet”dagi ishtiroki masalasiga alohida e’tibor qaratilib, kelgusida maktab sharoitlarini yanada yaxshilash, ta’lim muhitini mustahkamlash bo‘yicha zarur takliflar muhokama qilindi.

Ta’kidlab o‘tildiki, 234-sonli maktab so‘nggi yillarda ta’lim sifati ko‘rsatkichlari bo‘yicha Toshkent shahrida yetakchi natijalarni qayd etib kelmoqda.

Hududdagi ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning rivojlanishiga ko‘maklashish ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5