Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashi kotibiyat mudiri G‘ulom Xo‘jamqulov tumanning Mustaqillik mahallasida joylashgan oziq-ovqat dehqon bozorida bo‘lib, “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” shiori ostida tashkil etilayotgan savdo yarmarkalari faoliyati hamda bozordagi narx-navolarni o‘rgandi.
Bozor mas’ullari va sotuvchilar bilan muloqot jarayonida muborak Ramazon oyida narxlarning sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholiga sifatli va hamyonbop mahsulotlar taklif etish ustuvor vazifa ekani alohida ta’kidlandi.