Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Жамоатчилик маслаҳат кенгаши фаолиятидан.
янв.21
Косонсой тумандаги ДМТТ лар фаолияти депутатлар назоратида.
янв.21
“Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida Mustaqillik bayrami va Birinchi qo'ng'iroq «Bilimlar kuni»
янв.21
Сиёсий партиялар ҳамкорлиги.
янв.21
Косонсой туманида ўтказилган тадбир тавсилотлари
янв.21
маҳаллаларда хавфсиз муҳитни яратиш ва ҳуқуқбузарликни барвақт олдини олиш бўйича маҳалла раислари, профилактика инспектори билан семинар мулоқот ўтказилди
янв.21
ЎзЛиДеП партияси хотин - қизлар бўлими билан ҳамкорликда иш олиб бормоқда.
янв.21
Доимий комиссия қўшма йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Косонсойдаги "Муғ қалъаси" тобора ўз сирларини очиб бормоқда.
янв.21
Олий Мажлис қонунчилик палатаси депутатлари билан ҳамкорликдаги ишлар
Bahor mahallasida hamda Navoiy shahar 31-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 18-dekabr kuni o‘tkazilgan tadbirlar yuzasidan.

 Bahor mahallasida hamda Navoiy shahar 31-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida
18-dekabr
kuni o‘tkazilgan tadbirlar yuzasidan. 

 Navoiy shahar Bahor mahallasida “Biz
oilaviy ajrimlarga qarshimiz!” hamda “Qizlar kelajakni tanlaydi!” mavzularida davra
suhbatlari olib borildi.
 

  Tadbirda
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati N.Xudaykulova hamda Navoiy shahar
Xalq demokratik partiyasi raisi J.Xamroev ishtirok etishdi hamda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmonining 2-ilovasi 27-bandida
keltirilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda
mavjud tizimlarni yanada kuchaytirish, davlat xizmatchilarining halollik tamoyillariga
qat’iy amal qilishi masalalari keng muhokama qilindi, shuningdek oilalarni mustahkamlash,
xotin-qizlar va yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash, yoshlar, ayniqsa yangi oila
qurish arafasida turgan yigit qizlar o‘rtasida to‘y va marosimlarni o‘tkazishdagi
salbiy holatlarning ma’naviy, axloqiy ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini tushuntirish
ishlari samaradorligini oshirish” yuzasidan maruza qilindi.
 

 Shuningdek 18-dekabr kuni 31-sonli bog‘chada kuz-qish mavsumiga
tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi. O‘rganish davomida bog‘cha binolarining isitish
tizimi, elektr va kommunal xizmatlar bilan ta’minlanishi, bolalar uchun sharoitlar
hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mavsum
davomida barqaror ishlash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
 

 Ta’kidlash joizki, mazkur tashrifning asosiy
maqsadi bolalar uchun qulay, xavfsiz va iliq muhit yaratilishini ta’minlash, mavjud
muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etishdan iboratdir.
 

 Tadbir yakunida mas’ullarga tegishli tavsiyalar
berildi hamda mavsumiy ishlar belgilangan tartibda davom ettirilishi qayd etildi.
  

Slide 1 of 7