Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Жамоатчилик маслаҳат кенгаши фаолиятидан.
янв.21
Косонсой тумандаги ДМТТ лар фаолияти депутатлар назоратида.
янв.21
“Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida Mustaqillik bayrami va Birinchi qo'ng'iroq «Bilimlar kuni»
янв.21
Сиёсий партиялар ҳамкорлиги.
янв.21
Косонсой туманида ўтказилган тадбир тавсилотлари
янв.21
маҳаллаларда хавфсиз муҳитни яратиш ва ҳуқуқбузарликни барвақт олдини олиш бўйича маҳалла раислари, профилактика инспектори билан семинар мулоқот ўтказилди
янв.21
ЎзЛиДеП партияси хотин - қизлар бўлими билан ҳамкорликда иш олиб бормоқда.
янв.21
Доимий комиссия қўшма йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Косонсойдаги "Муғ қалъаси" тобора ўз сирларини очиб бормоқда.
янв.21
Олий Мажлис қонунчилик палатаси депутатлари билан ҳамкорликдаги ишлар
Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik yangi bosqichda

Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik yangi bosqichda

Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yig‘ilishi o‘tkazilayotgani mintaqamiz uchun muhim siyosiy voqea bo‘lmoqda. Ushbu nufuzli anjuman parlamentlararo muloqotni yanada chuqurlashtirish, o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yig‘ilishda iqtisodiy taraqqiyot, innovatsiya, raqamlashtirish, ta’lim, ekologiya hamda barqaror rivojlanish masalalari muhokama qilinmoqda. Ayniqsa, Koreya Respublikasining ilg‘or tajribasini Markaziy Osiyo davlatlarida, jumladan, mahalliy hududlarda joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan olib borilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosat natijasida O‘zbekiston xalqaro maydonda ishonchli hamkor sifatida e’tirof etilmoqda. Bunday yuksak darajadagi parlamentlararo uchrashuvlarning Toshkent shahrida o‘tkazilayotgani ham yurtimizga bo‘lgan ishonchning yaqqol ifodasidir.

Navoiy shahri deputati sifatida ta’kidlash joizki, bu kabi xalqaro muloqotlar hududlar taraqqiyotiga ham bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Investisiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, sanoat va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda Koreya tajribasi biz uchun juda muhim. Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini yanada oshirishda parlamentlararo hamkorlik muhim o‘rin tutadi.

Shubhasiz, mazkur III yig‘ilish natijalari Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlab, xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati,

Xudayqulova Nargiza Gaybullayevna

Slide 1 of 1