Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maʼrifat ulashib..
янв.21
Har payshanba deputatlar faoliyati markazda
янв.21
“Open Budget” loyihasi yuzasidan muhokama yig‘ilishi
янв.21
Kosonsoy tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli maktablarda ta’lim tarbiya ishlari o'rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–172-sonli farmoni ijrosini tumanda to‘liq va sifatli ta’minlash maqsadida mas’ul ishchi guruh tomonidan 2026-yil 28-yanvar kuni qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Жамоатчилик маслаҳат кенгаши фаолиятидан.
янв.21
Косонсой тумандаги ДМТТ лар фаолияти депутатлар назоратида.
янв.21
“Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida Mustaqillik bayrami va Birinchi qo'ng'iroq «Bilimlar kuni»
янв.21
Сиёсий партиялар ҳамкорлиги.
янв.21
Косонсой туманида ўтказилган тадбир тавсилотлари
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani Farhod mahallasida joylashgan 46-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34 yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman Kengashi deputati Akrom Bo‘tayev, maktab direktori, o‘qituvchilar, ota-onalar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Tashkil etilgan kecha davomida Konstitutsiyaning ahamiyati, undagi asosiy prinsiplar, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan normalar haqida keng tushunchalar berildi. O‘quvchilar tomonidan sahna ko‘rinishlari, she’rlar va ijodiy chiqishlar namoyish qilinib, davlatimiz asosiy qonuniga bo‘lgan hurmat va sadoqat tarannum etildi.

Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, ularning hayotimizga ta’siri va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar borasida fikr almashdilar.

Mazkur ma’rifiy uchrashuv o‘quvchilarda huquqiy savodxonlikni oshirish, Vatan va qonunga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 8