Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Жамоатчилик маслаҳат кенгаши фаолиятидан.
янв.21
Косонсой тумандаги ДМТТ лар фаолияти депутатлар назоратида.
янв.21
“Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida Mustaqillik bayrami va Birinchi qo'ng'iroq «Bilimlar kuni»
янв.21
Сиёсий партиялар ҳамкорлиги.
янв.21
Косонсой туманида ўтказилган тадбир тавсилотлари
янв.21
маҳаллаларда хавфсиз муҳитни яратиш ва ҳуқуқбузарликни барвақт олдини олиш бўйича маҳалла раислари, профилактика инспектори билан семинар мулоқот ўтказилди
янв.21
ЎзЛиДеП партияси хотин - қизлар бўлими билан ҳамкорликда иш олиб бормоқда.
янв.21
Доимий комиссия қўшма йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Косонсойдаги "Муғ қалъаси" тобора ўз сирларини очиб бормоқда.
янв.21
Олий Мажлис қонунчилик палатаси депутатлари билан ҳамкорликдаги ишлар
Gumanitar va madaniy aloqalar orqali strategik yaqinlashuv.

Shu yilning 22 avgust kuni Turkmanistonda o‘tkazilgan sammit doirasida gumanitar sohalarga alohida eʼtibor berilishi - O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarni faqat iqtisodiy emas, balki xalqlararo yaqinlik asosida rivojlantirishga intiluvchi siyosatning natijasidir. Bu davlatlarning tarixiy, madaniy va til jihatidan yaqinligi, xalqlar o‘rtasida o‘zaro ishonchni yana-da kuchaytiradi.

O‘zaro tajribalar almashinuvi, ilmiy hamkorlik, madaniy festivallar va qo‘shma media loyihalar orqali xalqlar bir-birini yaqindan taniyotgani, mintaqadagi ijtimoiy barqarorlikka ijobiy taʼsir ko‘rsatadi. Ayniqsa, yoshlar o‘rtasidagi aloqalar orqali kelgusi avlodni hamkorlik ruhida tarbiyalash mumkin.

Buning ortidan mintaqada radikalizm va chet el taʼsiriga qarshi mafkuraviy immunitet shakllanadi. Demak, gumanitar sohaga qaratilgan eʼtibor - bu faqat madaniyat emas, balki xavfsizlikni taʼminlash vositasidir. 

Akbar Yakubov, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi.

Slide 1 of 1