Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining o‘ninchi sessiyasida tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga daxldor tashkilot va idoralar rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etdi. Bag‘dod tumani hokimining
birinchi o‘rinbosari U. Mahmudov, tuman hokimi o‘rinbosarlari Q. Mirtazaqulov, U. Yigitaliyev, X. Qambarova va A. Ashirovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrdagi “Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-440-sonli qarori yuzasidan
hisobotlar tinglandi. Shuningdek, O‘zbekiston mahallalalari uyushmasi Bag‘dod tumani bo‘limi boshlig‘i O. G‘oziyev 2025 yilning 6 oyi davomida tumanda mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi bo‘yicha hisoboti eshitildi.