Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Жамоатчилик маслаҳат кенгаши фаолиятидан.
янв.21
Косонсой тумандаги ДМТТ лар фаолияти депутатлар назоратида.
янв.21
“Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida Mustaqillik bayrami va Birinchi qo'ng'iroq «Bilimlar kuni»
янв.21
Сиёсий партиялар ҳамкорлиги.
янв.21
Косонсой туманида ўтказилган тадбир тавсилотлари
янв.21
маҳаллаларда хавфсиз муҳитни яратиш ва ҳуқуқбузарликни барвақт олдини олиш бўйича маҳалла раислари, профилактика инспектори билан семинар мулоқот ўтказилди
янв.21
ЎзЛиДеП партияси хотин - қизлар бўлими билан ҳамкорликда иш олиб бормоқда.
янв.21
Доимий комиссия қўшма йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Косонсойдаги "Муғ қалъаси" тобора ўз сирларини очиб бормоқда.
янв.21
Олий Мажлис қонунчилик палатаси депутатлари билан ҳамкорликдаги ишлар
Deputat va yoshlar uchrashuvi:

Termiz tumani Sh.Rashidov maxallasi 16-AFChUM da O‘zbekiston "Adolat" SDP viloyat ,tuman Kengashi, xamda Xalq deputatlari Termiz tuman kengashi deputati G. Turdiyeva ishtirokida Yoshlar, sport, bandlik va odam savdosiga qarshi kurash: bir maqsad, bir yo‘l shiori ostida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Bugun jamiyatimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan biri — yosh avlodni to‘g‘ri yo‘naltirish, ularning iste’dodini ochish, bandligini ta’minlash va turli xavf-xatarlardan, xususan odam savdosidan asrashdir. Bu masalalarda sport, ta’lim va ish bilan bandlik juda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Sport – bu faqat jismoniy faollik emas, balki yoshlarning irodasini, maqsadga intilishini, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishini muntazam sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlar salbiy illatlarga kamroq duch kelishi, ular do‘stlik, raqobat, halollik kabi qadriyatlarga sodiq bo‘lib ulg‘ayishini takidladilar.

Kiyin davlat tomonidan tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadalari”, mahalla sport musobaqalari, bepul sport to‘garaklari yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, iste’dodlarini namoyon etish va bu orqali kelajakda o‘zlari uchun poydevor qilishi mumkinligini tushuntirildi.

Deputatlar hozirda yoshlarning iqtisodiy mustaqilligi ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashini, “Yoshlar – kelajagimiz”, “Yoshlar daftari” kabi dasturlar orqali minglab yigit-qizlar o‘z biznesini boshlab, kasb o‘rganayotganligini aytib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida deputatlar Odam savdosi haqida fikrlarini yoshlarga yetkazildi– bu zamonaviy qullik. U har qanday jamiyat, ayniqsa rivojlanayotgan yosh davlat uchun jiddiy tahdid hisoblanishini bu jinoyatning oldini olish uchun, ogohlikni oshirish , yoshlarimiz esa o‘zlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishi zarurligi takidlab o‘tildi.

Sport va bandlik – bu faqat imkoniyat emas, bu odam savdosidan himoyalanish vositasi hamdir. U yoshlarni kuchli, ijtimoiy faollikka tayyor, mustaqil qaror qabul qiluvchi shaxs sifatida shakllantiradi. 

Slide 1 of 5