Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Жамоатчилик маслаҳат кенгаши фаолиятидан.
янв.21
Косонсой тумандаги ДМТТ лар фаолияти депутатлар назоратида.
янв.21
“Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida Mustaqillik bayrami va Birinchi qo'ng'iroq «Bilimlar kuni»
янв.21
Сиёсий партиялар ҳамкорлиги.
янв.21
Косонсой туманида ўтказилган тадбир тавсилотлари
янв.21
маҳаллаларда хавфсиз муҳитни яратиш ва ҳуқуқбузарликни барвақт олдини олиш бўйича маҳалла раислари, профилактика инспектори билан семинар мулоқот ўтказилди
янв.21
ЎзЛиДеП партияси хотин - қизлар бўлими билан ҳамкорликда иш олиб бормоқда.
янв.21
Доимий комиссия қўшма йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Косонсойдаги "Муғ қалъаси" тобора ўз сирларини очиб бормоқда.
янв.21
Олий Мажлис қонунчилик палатаси депутатлари билан ҳамкорликдаги ишлар
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi o‘n to‘rtinchi sessiyasi

Sessiya ishida tuman Kengashiga saylangan deputatlar, tuman hokimining o‘rinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari shuningdek, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishida kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-iyuldagi “2024-2025-yillarda Toshkent viloyatining Chinoz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 435/25-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha joriy yilning iyun oyida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

Chinoz tumanida 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasini 2025-yilda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida.

Chinoz tumanida 2025-yil birinchi mavsum tashabbusli byudjet jarayonida g‘olib bo‘lgan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi holati to‘g‘risida.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha tuman Tibbiyot birlashmasida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari to‘g‘risida.

Yuqoridagi masalalar bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosarlari va tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlarining hisobot va axborotlari eshitildi.

Sessiya kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Asqar Baxramov, Elyorjon Saidov, Olimjon Isoqovlar so‘zga chiqib, hisobot va axboroti eshitilgan rahbarlarga o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Kengash qarorlarining toʻliq matni internetda (Kengash.gov.uz platformasida) eʼlon qilinadi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov

Slide 1 of 9