Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Жамоатчилик маслаҳат кенгаши фаолиятидан.
янв.21
Косонсой тумандаги ДМТТ лар фаолияти депутатлар назоратида.
янв.21
“Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun” shiori ostida Mustaqillik bayrami va Birinchi qo'ng'iroq «Bilimlar kuni»
янв.21
Сиёсий партиялар ҳамкорлиги.
янв.21
Косонсой туманида ўтказилган тадбир тавсилотлари
янв.21
маҳаллаларда хавфсиз муҳитни яратиш ва ҳуқуқбузарликни барвақт олдини олиш бўйича маҳалла раислари, профилактика инспектори билан семинар мулоқот ўтказилди
янв.21
ЎзЛиДеП партияси хотин - қизлар бўлими билан ҳамкорликда иш олиб бормоқда.
янв.21
Доимий комиссия қўшма йиғилиши бўлиб ўтди.
янв.21
Косонсойдаги "Муғ қалъаси" тобора ўз сирларини очиб бормоқда.
янв.21
Олий Мажлис қонунчилик палатаси депутатлари билан ҳамкорликдаги ишлар
#KORRUPSIYA_TARAQQIYOTGA_TO‘SIQ:

 O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar jarayonida korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat
siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Aynan shu mavzuda “Oltinsoy tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida joriy yilning iyun oyida muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
 

Yig‘ilishda Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, tuman deputatlari X.Tavasharov va A.Mamatmuratov, shuningdek, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov faol ishtirok etdi. 

Diqqat markazida – Prezident Farmonining mazmun-mohiyati 

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 21-aprelda imzolangan PF-71-sonli farmon – “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor
vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi muhim hujjatning mazmun-mohiyati keng yoritildi.
 

Yig‘ilish ishtirokchilariga mazkur Farmon doirasida amalga oshirilishi belgilangan asosiy yo‘nalishlar, jumladan:  

  • -davlat tashkilotlarida ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash, raqamli yechimlar va avtomatlashtirish orqali faoliyat
    - shaffofligini oshirish,
    manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar
  • -haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Tashkilotlarning zimmasiga yuklatilgan mas’uliyat 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ta’kidlashicha, mazkur Farmon davlat organlari va tashkilotlardan yuqori darajadagi mas’uliyatni, tizimli yondashuvni va aniq amaliy natijalarni talab etadi. Kelgusida har bir muassasa o‘z faoliyatida halollik standartlarini joriy qilishi, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishi shart. 

Yig‘ilish yakunida... 

Yig‘ilishda ishtirok etgan mutaxassislar va rahbarlar tomonidan bugungi kunda nafaqat qonunchilik, balki jamoatchilik nazoratining ham o‘rni tobora ortib borayotgani qayd etildi. Korrupsiyaga qarshi samarali
kurashish, birinchi navbatda, har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati, fuqarolik ongi va vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan uzviy bog‘liq ekani ta’kidlandi.
 

Tadbir yakunida “Oltinsoy tumangaz” tizimida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, ichki nazoratni kuchaytirish
va profilaktik chora-tadbirlarni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

Kanalga ulanish uchun: https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati  

Slide 1 of 10