Yangiliklar

"Xorazm yoshlarni sevadi" festivalidan fotolavhalar

Xorazm yoshlarni sevadi!

Viloyatimiz bo‘ylab qadriyatlar va an’analarimizni yoshlar orasida keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilayotgan “Xorazm yoshlarni sevadi” festivali davom etmoqda. 

Navbatdagi festival doirasidagi tadbirlar 2025yil 26-mart kuni Qo‘shko‘pir tumanida boʻlib oʻtdi.Tadbirga Xalq deputatlari Qo'shkopir tuman Kengashi deputatlari faol ishtirok qildilar.

Tumandagi Az-Zamaxshariy istirohat bog‘ida tashkil etilgan loyihalarda ilovalar targ‘iboti, milliy taomlar hamda milliy liboslar koʻrgazmasi, sport musobaqalari, milliy xalq o‘yinlari, kitoblar yarmarkasi, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi, tasviriy san'at namoyishlari, konsert dasturi, milliy liboslar paradi boʻlib oʻtdi.

Slide 1 of 1