O‘zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan Samarqand shahridagi «Asl nafis» Samarqand chinni mahsulotlari ishlab chiqarish zavodida o‘tkazilgan yig‘ilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun mohiyati va uni o‘z vaqtida va sifatli ijro etishga bag‘ishlandi.
Tadbirda shahar partiya tashkiloti raisi U.Amirov, viloyat Kengashi deputati F.Xonkeldieva, Samarqand shahar Kengashi deputatlari N.Bog‘irov,Sh.Musurmanovalar so‘zga chiqib, davlat dasturidan o‘rin olgan muhim masalalar xaqida ma’lumot berdi.
Ta’kidlandiki, endilikda atrof muhitni asrash, hayvonot va o‘simlik dunyosini himoya qilish, yurtimizni obod va ko‘rkam diyorga aylantirish o‘zimizga bog‘liq. Har kim, o‘zi istiqomat qilayotgan mahalla, uyini toza va ozoda saqlasa, ona diyorimiz bundanda obod, ekologiyamiz barqaror bo‘ladi. Yig‘ilishda qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi