Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"Do‘stlik" MFY faoliyati tahlil qilindi

Uzun tumanida yoshlar siyosati: "Do‘stlik" MFY faoliyati tahlil qilindi

⭐Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati S.Rajabova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva ishtirokida "Do‘stlik" mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

⭐O‘rganish markazida — yoshlar yetakchisi faoliyati:

Tashrif davomida mahalla yoshlar yetakchisi M.Xodjayevaning ish samaradorligi, xususan:

⭐"Yoshlar daftari" bilan ishlash va ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash;

⭐"Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi tadbirlarning mazmuni;

⭐Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik profilaktikasi holati ko‘zdan kechirildi.