#Saylovchilar_bilan_uchrashuv
#Saylovchilarga_axborot_berish
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Qosimova Saodat Shirinbayevna tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
📊Mazkur uchrashuv 5-Samarqand saylov okrugi hududida istiqomat qiluvchi saylovchilar ishtirokida o‘tkazilib, fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb muammolar tinglandi hamda deputat tomonidan nazoratga olindi.
✍️Uchrashuv davomida aholi tomonidan elektr energiyasi, gaz ta’minoti, ichki yo‘llarning holati va infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.
✏️Shuningdek, deputat S.Qosimova tomonidan saylov okrugida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, olib borilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan saylovchilarga batafsil axborot berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)