Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

"JAMBUL" MAHALLASI "YASHIL HUDUD"GA O‘TDI!

Bugun Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev hamda Xorazm viloyati Kengashi deputati N.Gayipovalar hamkorligida shahardagi “Jambul” mahalladagi jinoyatchilikka qarshi kurash holatini jinoyatchilikni bartaraf qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar holatini oʻrganildi.

Tizimli ishlar natijasida 1-chorak yakuniga ko‘ra, mahalla ko‘rsatkichi 1.694 ballni tashkil etdi (shahar o‘rtacha ko‘rsatkichi 5.708). Shu tariqa, mahalla rasman "yashil hudud" toifasiga o‘tkazildi.

Mahalla xavfsizligini ta’minlash maqsadida kirish-chiqish yo‘laklariga 21 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatildi. Bu tizim hududda jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash imkonini bermoqda.

O‘rganish davomida oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash bo‘yicha zarur tavsiyalarini berdi.  

Slide 1 of 3