Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Koson tumani Kengashi deputati Rohila Islamova fermer xo‘jaligini tarmoqlari bilan tanishdi.
янв.21
Yerdan foyda topib daromad qilayotgan tadbirkor faoliyati
янв.21
O‘rganish va targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Jizzalik mahallasi ichki yo‘llari o‘rganildi
янв.21
Yerdan unumli foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
“Yashil makon” umumilliy loyihasi aosida olib borilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom ettirilmoqda
янв.21
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik
янв.21
“Etak”, “Ayronchi” va “Yuksalish” mahallasi aholisi hashar ishlarida faol ishtirok etmoqda
янв.21
“Esaboy” mahallasi aholisi hasharda ishtirok etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari va muammolarini o‘rganilmoqda
EHTIYOJMAND OILALAR DOIMIY E’TIBORDA: BAYRAM ARAFASIDAGI SAXOVAT TADBIRI

Urganch shahar Kengashi deputati R.Baltayev tomonidan xayriya va insonparvarlik ishlariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Xususan, Navro‘z umumxalq bayrami arafasida deputat tomonidan Urganch shahar Toza bog’ mahallasida ehtiyojmand va nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi.

Mazkur jarayonda fuqarolarning turmush sharoiti yaqindan o‘rganilib, samimiy muloqotlar o‘tkazildi. Suhbat davomida aholining muammo va takliflari tinglandi. 

Amalga oshirilgan ishlar mazmuni: 

· Ijtimoiy ko‘mak: Ehtiyojmand oilalarga bayram munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. 

· Ma’naviy qo‘llab-quvvatlash: Fuqarolarga kayfiyat ulashishga e’tibor qaratildi. 

· Maqsad: Jamiyatda mehr-oqibat, bag‘rikenglik va inson qadrini ulug‘lash. 

Deputat R.Baltayev bu kabi xayrli tashabbuslarni kelgusida ham izchil davom ettirishini, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarini qo‘llab-quvvatlash uning deputatlik faoliyatidagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolishini ta’kidlab o‘tdi. 

Slide 1 of 3