Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Jarayon

Xalq deputatlari tumani Kengashi deputati, tuman “Ekologiya” partiya raisi Xudayqulov Avlaqul Nurmanovich tashabbusi bilan tumanimizning “Jomiy” mahallasi hududida “Plogging” ekologik aksiyasi, ekologik hashar – tozalik aksiyasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda yoshlar ham faol ishtirok etdilar. Hashar doirasida “Plogging” – yurish jarayonida atrof-muhitni chiqindilardan tozalash tashabbusi amalga oshirilib, mahalla hududi, masjid atrofi hamda qabriston atrofidagi hududlar chiqindilardan tozalanib, tartibga keltirildi.

Tadbir davomida yoshlar tomonidan atrof-muhitni asrash, ekologik madaniyatni oshirish hamda hududlarni obod saqlash bo‘yicha faol fuqarolik pozitsiyasi namoyon etildi.

Slide 1 of 7