Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Koson tumani Kengashi deputati Rohila Islamova fermer xo‘jaligini tarmoqlari bilan tanishdi.
янв.21
Yerdan foyda topib daromad qilayotgan tadbirkor faoliyati
янв.21
O‘rganish va targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Jizzalik mahallasi ichki yo‘llari o‘rganildi
янв.21
Yerdan unumli foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
“Yashil makon” umumilliy loyihasi aosida olib borilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom ettirilmoqda
янв.21
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik
янв.21
“Etak”, “Ayronchi” va “Yuksalish” mahallasi aholisi hashar ishlarida faol ishtirok etmoqda
янв.21
“Esaboy” mahallasi aholisi hasharda ishtirok etmoqda
янв.21
Aholi murojaatlari va muammolarini o‘rganilmoqda
Istiqlol MFYda nogironligi mavjud shaxslar uchun yaratilgan imkoniyatlar tahlil qilindi

Istiqlol MFYda nogironligi mavjud shaxslar uchun yaratilgan imkoniyatlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Azimov Amir Abralovich tomonidan Navoiy shahridagi Istiqlol MFY hududida yettilik a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahallada yashovchi aholining muammolari, ayniqsa nogironligi mavjud fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu toifadagi fuqarolarga yaratilgan sharoitlar, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, moddiy yordam hamda boshqa turdagi davlat imtiyozlarining amaldagi holati tahlil qilindi. O‘rganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va imtiyozlardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida 24 ta tavsiya ishlab chiqildi.Uchrashuv yakunida mahalla faollari va mas’ul tashkilot vakillariga fuqarolar, ayniqsa nogironligi mavjud shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab berildi.Mazkur uchrashuv mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning to‘liq va adolatli qo‘llanilishini ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Slide 1 of 3