Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Koson tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Koson tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Koson tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Koson tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Koson tumani Kengashiga 13-Pudina okgidan saylangan deputat Lobar Abidova mahallada fuqarolari murojaatlarini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Koson tuman Kengashi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari, mummolari va takliflari o‘rganilib, tahlil qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Koson tuman Kengashi
янв.21
Xalq deputatlari Koson tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Halima Sattorova tumanning Araliq mahallasidagi muammoli oilalar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Koson tumani Kengashi deputati Lobar Abidova joylrga chiqib, Pudina mahallasida fuqarolari murojaatlarini o‘rgandi.
#jamoatchilik nazorati #o'rganish

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabi ortishini inobatga olib, shahrimiz bozorlarida doimiy kuzatuv ishlari olib borilmoqda.

Bugun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Lenura Baydullayeva shahrimizdagi "Oydin" dehqon bozorida bo‘lib, jamoatchilik nazorati tadbirini o‘tkazdi.

Deputat tomonidan bozor rastalaridagi quyidagi holatlar ko‘zdan kechirildi:

🔹Narx-navo barqarorligi: Kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, yog‘, un, shakar) narxlarining asossiz oshib ketmasligi;

🔹Mahsulotlar sifati: Sabzavotlar, mevalar va poliz ekinlarining yangiligi hamda iste’molga yaroqliligi;

🔹Sanitariya holati: Savdo rastalari va mahsulot saqlash joylarining tozalik talablariga javob berishi;

🔹Zaxira va ta’minot: Aholi uchun mahsulotlarning yetarli miqdorda mavjudligi va rastalarning bo‘shab qolmasligi.

✍️Nazorat — doimiy tartibda

Ta’kidlash joizki, bunday o‘rganishlar shunchaki bir martalik tadbir emas. Shahar Kengashi deputatlari tomonidan har kuni bozorlardagi vaziyat tahlil qilib borilmoqda.

Maqsadimiz:Ramazon oyida hamshaharlarimizning dasturxonlari to‘kin, ko‘ngillari esa xotirjam bo‘lishini ta’minlash, narxlar sun’iy oshirilishining oldini olishdir.

📢Hurmatli shahar aholisi! Bozorlarda narxlarning asossiz oshirilishi yoki sifatsiz mahsulotlar savdosiga duch kelsangiz, mas’ullarga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Slide 1 of 5