Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tumanda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida 2025-yil o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi vakillarining hisoboti tinglandi.

Dastavval ushbu masala yuzasidan olib borilgan o‘rganish yakunlari bo‘yicha deputatlik guruhi rahbari T.Jo‘rayev axborot berdi. Yigilishda muxokama etilgan masala yuzasidan partiya faollari va xalk vakillari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Sohada uchrayotgan ayrim muammolar, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.Yig‘ilishda muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 7