Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Vobkent tuman partiya tashkiloti huzuridagi “Yosh ekologlar” qanoti tomonidan tuman Yoshlar ishlari agentligida “Ekologik odatlar – hayotni o‘zgartiradi” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Seminarda kunlik hayot tarzimizdagi ekologik odatlar aslida milliy qadriyatlarimizda o‘z ifodasini topganligi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni asrab-avaylash va barqaror taraqqiyot yo‘lida yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Prezidentimizning 2025-yil 15-maydagi PQ–184-son qarori ijrosida yoshlarning o‘rni, ularning tashabbuskorligi va mas’uliyati haqida fikr almashildi.

Slide 1 of 3