Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar va fuqarolar uchrashuvi

Deputatlar va fuqarolar uchrashuvi

  

Joriy yilning 9-oktabr kuni Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Xasanov hamda Sho‘rchi tumani Kengashi deputati M.Yuldoshevlar tegishli soha vakillari bilan birgalikda Sho‘rchi tumanining “Yalti” mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazishdi. 

           Uchrashuv davomida fuqarolarning bog‘cha, til markazlari faoliyatini yo'lga qo'yish, ichimlik suvi muammosi, shuningdek, mahalladagi ko'p yillardan buyon taʼmirtalab boʻlgan yodgorlik joyini taʼmirlash bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi. 

           Mas'ullar tomonidan murojaatlar tinglanib, ayrim masalalar yuzasidan uchrashuvning o'zidayoq huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, yozma shaklda tushgan murojaatlar bo‘yicha deputatlik so‘rovlari tayyorlanib, mas’ul tashkilotlarga yuborilishi belgilandi.  

Slide 1 of 1