Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Biz odam savdosiga qarshimiz!

 Biz odam savdosiga qarshimiz! 

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati
Shuxratjon Raximov tomonidan Bo‘stonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda
odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot
ishlari amalga oshirilmoqda. 

🗓 Joriy yilning 1–31 iyul
kunlari mamlakatimizda Xalqaro odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tashabbusi bilan “Biz odam savdosiga
qarshimiz” shiori ostida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

🎯 Targ‘ibot tadbirlarining
asosiy maqsadi — aholini odam savdosining turli ko‘rinishlari, uning oqibatlari,
jinoiy va huquqiy jihatlari haqida xabardor qilish, huquqiy ong va madaniyatini
yuksaltirish, shuningdek, keng jamoatchilikni mazkur xavfli jinoyatga qarshi kurashga
safarbar etishdan iborat. 

  

#AdolatSDP #OdamSavdosigaYóq #Farg'onaTumani #Targ'ibot2025 #BizOdamSavdosigaQarshimiz  

Slide 1 of 2