Saylovchilar bilan muloqot
Joriy yilning 7-iyul kuni Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Dehqonova Fotima Jonuzoq qizi tomonidan Toshhovuz mahallasida mahalla faollari bilan oʻtgan yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida rejalashtirilgan ustuvor vazifalar yuzasidan axborot berish maqsadida uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuv davomida muloqot qilinib, saylovchilarning muammolari va takliflari tinglandi.
Uchrashuvda okrugni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yoshlar bandligini ta’minlash va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. Deputat aholining fikr-mulohazalarini inobatga olib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni hal etish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surishini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida kelgusidagi reja va hamkorlik masalalari muhokama qilinib, aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan takliflar qayd etildi.