Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI O'N BYEShINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Tuman hokimi "Yangiqazg‘on" va "Sarjal" ovul fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Deputatlar ta’lim maskanida: 19-maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Жорий йилнинг 06-ноябрь куни РШТЁИМ НВФ директори - Халқ депутатлари вилоят Кенгаши депутати Бахром Жалолов ҳамда туман Кенгаши депутати Рўзигул Муратова тумандаги қурилиш, ободонлаштириш ва таълим соҳасидаги ишлар билан танишди.
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari har chorakda kamida bir marotaba o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga hisobot berishlari belgilangan.

Bu esa, erkin fuqarolik jamiyati qurish, deputatning saylovchilari oldidagi mas’uliyatini va hisobdorlik hissini oshirish, deputatlik faoliyatining ochiqligini, aholining xabardorligini kuchaytirish va pirovardida xalqning vakillik organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga sabab bo‘ladi.

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Azizbayeva Dilnoza Shokirovna ham 5-Ulug‘bek saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashib, saylovchilar oldida o’z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o’tdi.

Uchrashuvda fuqarolardan berilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan atroflicha o’rganilib, deputatlik nazoratiga olinishi belgilab olindi. 

Slide 1 of 2