Deputatga saylovchilar bilan olib boriladigan ishlar uchun tegishli xalq deputatlari Kengashining reglamentida belgilanadigan tartibda muayyan kunlar ajratiladi. "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining qonunida belgilangan talab bajarilishi yuzasidan xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati Bahrom Jalolov Konimex tumani tibbiyot birlashmasining boshqaruv binosida har oyning ikkinchi chorshanba kunida fuqarolarni qabul qilish kuni etib belgiladi. Bugun, 2025-yil 12-mart kuni Bahrom Jalolov, Konimex tuman Kengashi deputati Alisher Jaynarov va o‘zining mas’ul vakili ishtirokida Konimex tumanidagi fuqarolarni qabul qilib, kelib tushgan murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ularni hal etish chora-tadbirlarini belgilab oldi.