Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия муҳокамасига тайёргарлик доирасида ўрганиш ўтказилди
янв.21
Маҳалла фаоллари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Мурожаатлар билан ишлаш қонунчилиги ўрганилди
янв.21
Конимех туман Кенгаши котибиятида ҳафталик йиғилиш ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахслар ҳуқуқлари ва имтиёзлари ўрганилди
янв.21
Сессияси кун тартибига киритилиши режалаштирилган масалалар жойига чиққан ҳолда ўрганилди
"Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O'.Tojieva tomonidan o‘zining saylov okrugi hududida joylashgan "Nurafshon" mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida shahar hokimining maslahatchisi D.Alimova ishtirok etib, davlat tiliga oid qonunchilik talablarining amaliy ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan amaliy ko‘mak ko‘rsatdi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘inida ish yuritish hujjatlarining davlat tilida yuritilishi, rasmiy hujjatlar, axborot stendlari, tashqi yozuvlar va boshqa ko‘rgazmali vositalarning amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi tahlil qilindi.

Shuningdek, davlat tilining jamiyat hayotidagi nufuzini yanada oshirish, qonun talablariga to‘liq rioya etish, fuqarolar bilan muloqot va rasmiy yozishmalarda davlat tilidan to‘g‘ri foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilib, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosini yanada samarali ta’minlash hamda bu boradagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2