Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия муҳокамасига тайёргарлик доирасида ўрганиш ўтказилди
янв.21
Маҳалла фаоллари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Мурожаатлар билан ишлаш қонунчилиги ўрганилди
янв.21
Конимех туман Кенгаши котибиятида ҳафталик йиғилиш ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахслар ҳуқуқлари ва имтиёзлари ўрганилди
янв.21
Сессияси кун тартибига киритилиши режалаштирилган масалалар жойига чиққан ҳолда ўрганилди
Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Azimovga biriktirilgan Milliy metrologiya markazining Qo‘qon filialida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan sharoitlar, murojaatchilar uchun tashkil etilgan xizmat ko‘rsatish tizimi hamda mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonlari tahlil qilindi.

Xususan, mahsulotlarni sertifikatlashtirishda ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish, hujjatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish, xizmatlarni soddalashtirish hamda tadbirkorlar uchun qulay va shaffof tizim yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan maslahat xizmatlari, murojaatlarni elektron shaklda qabul qilish imkoniyatlari, sertifikatlashtirish jarayonlarining tezkorligi va sifati yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, sertifikatlashtirish jarayonlarini soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish hamda tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4