Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия муҳокамасига тайёргарлик доирасида ўрганиш ўтказилди
янв.21
Маҳалла фаоллари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Мурожаатлар билан ишлаш қонунчилиги ўрганилди
янв.21
Конимех туман Кенгаши котибиятида ҳафталик йиғилиш ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахслар ҳуқуқлари ва имтиёзлари ўрганилди
янв.21
Сессияси кун тартибига киритилиши режалаштирилган масалалар жойига чиққан ҳолда ўрганилди
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 QISHLOQBOZOR MAHALLASIDAGI TIBBIY MUASSASA FAOLIYATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 18-Cho‘yinchi–Qishloqbozor saylov okrugi deputati B. Toshpo‘latov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Qishloqbozor” mahallasi hududida joylashgan 87-Chuqurko‘l oilaviy poliklinikasiga qarashli Qishloqbozor filiali faoliyati o‘rganildi.

🏥 O‘rganish jarayonida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, mavjud shart-sharoitlar, tibbiyot xodimlarining faoliyati hamda profilaktik tadbirlarning tashkil etilish holati atroflicha tahlil qilindi.

📊 Deputat tomonidan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, kasalliklarni erta aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

📑 Shuningdek, o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ–1023-son Qonuni ijrosi yuzasidan savolnoma asosida monitoring o‘tkazildi.

🍎 Monitoring jarayonida aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari, shuningdek, qonun talablarining amaliy ijrosi o‘rganildi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.

   

Slide 1 of 5