35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия муҳокамасига тайёргарлик доирасида ўрганиш ўтказилди
янв.21
Маҳалла фаоллари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Мурожаатлар билан ишлаш қонунчилиги ўрганилди
янв.21
Конимех туман Кенгаши котибиятида ҳафталик йиғилиш ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахслар ҳуқуқлари ва имтиёзлари ўрганилди
янв.21
Сессияси кун тартибига киритилиши режалаштирилган масалалар жойига чиққан ҳолда ўрганилди
Deputat xalq ichida: Muammolar tinglandi, yechimlar belgilandi

Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Vapaeva Yorqinoy Matyakubovna mahalla ahlining yashash sharoitlarini yaxshilash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topish maqsadida navbatdagi ochiq muloqotni o‘tkazdi.

Muloqot davomida aholi tomonidan kundalik hayotga bevosita daxldor bo‘lgan bir nechta muhim masalalar ko‘tarildi:

Bolalarning xavfsiz va mazmunli hordiq chiqarishi uchun mavjud bolalar maydonchasini ta’mirlash va yangi o‘yin qurilmalari o‘rnatish masalasi atroflicha muhokama qilindi. Deputat maydoncha holatini shaxsan ko‘zdan kechirib, uni tartibga keltirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilab oldi.

Hamda, hududdagi infratuzilmani yaxshilash va aholini qiynayotgan boshqa maishiy muammolar yuzasidan ham fuqarolarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Uchrashuv yakunida bildirilgan takliflar va aksariyat muammolar nazoratga olinib, mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 1