Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия муҳокамасига тайёргарлик доирасида ўрганиш ўтказилди
янв.21
Маҳалла фаоллари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Мурожаатлар билан ишлаш қонунчилиги ўрганилди
янв.21
Конимех туман Кенгаши котибиятида ҳафталик йиғилиш ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахслар ҳуқуқлари ва имтиёзлари ўрганилди
янв.21
Сессияси кун тартибига киритилиши режалаштирилган масалалар жойига чиққан ҳолда ўрганилди
Deputatlik nazorati va tahlil: "Guliston" mahallasidagi ishlar va deputat faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov Kengash deputati F.Homidovning saylov okrugiga qarashli “Guliston” mahallasida bo‘ldilar.

💬 O‘rganishlar davomida Kengash deputati F.Homidovning o‘tgan davr mobaynidagi deputatlik faoliyati tahlil qilindi.

💬 Xususan, quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:

🟢Deputatning o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan uchrashuvlari va muloqotlarining tizimliligi;

🟢Saylovchilardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, ularni hal etish uchun yuborilgan deputatlik so‘rovlarining natijadorligi;

🟢Kengash qarorlarining ijrosini ta'minlash hamda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishdagi shaxsiy tashabbuskorligi.

💬 Shu bilan bir qatorda, mahalla faollarining bugungi kundagi ish uslubi, aholi muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasidagi faoliyati o‘rganildi.

💬 Hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olish, ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash borasidagi tizimli choralar muhokama qilindi.

💬 Kengash raisi D.Normuradova mahalla raisiga aholi bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, har bir murojaatga mas'uliyat bilan yondashish va deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berdi.