35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия муҳокамасига тайёргарлик доирасида ўрганиш ўтказилди
янв.21
Маҳалла фаоллари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Мурожаатлар билан ишлаш қонунчилиги ўрганилди
янв.21
Конимех туман Кенгаши котибиятида ҳафталик йиғилиш ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахслар ҳуқуқлари ва имтиёзлари ўрганилди
янв.21
Сессияси кун тартибига киритилиши режалаштирилган масалалар жойига чиққан ҳолда ўрганилди
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Kotibiyat ish rejasiga muvofiq, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2-Ijodkor saylov okrugi deputati Amanlikov Alibek Shayimkulovich ishtirokida “Deputat bilan bir kun” loyihasi o‘tkazilmoqda.

Loyiha doirasida dastlab Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2025-yil 18-sentabrdagi “Boyovut tumani Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2025-yil 2-mavsumida o‘tkazilgan “Ochiq budjet” axborot portali orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risida”gi VII-15-97-9-123-K/25-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Xususan, tumandagi 40-sonli umumta’lim maktabi hududida amalga oshirilayotgan “Tashabbusli budjet” loyihasining 2025-yil ikkinchi mavsumida g‘olib deb topilgan loyiha doirasidagi qurilish ishlari nazorat tartibida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida futbol maydonchasidagi qurilish ishlari yakunlanish arafasida ekani, biroq ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, maydon yuzasining tekisligi talab darajasida emasligi qayd etilib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi deputat tomonidan alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, loyiha doirasidagi ishlarni sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 4