35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия муҳокамасига тайёргарлик доирасида ўрганиш ўтказилди
янв.21
Маҳалла фаоллари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Мурожаатлар билан ишлаш қонунчилиги ўрганилди
янв.21
Конимех туман Кенгаши котибиятида ҳафталик йиғилиш ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахслар ҳуқуқлари ва имтиёзлари ўрганилди
янв.21
Сессияси кун тартибига киритилиши режалаштирилган масалалар жойига чиққан ҳолда ўрганилди
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan xotin-qizlar faoli Z.Pernebayeva tomonidan tumanning “Chimboyliq” va “Qizilsuv” mahallalarida olib borayotgan ishlari Kengash raisi O.Babayev tomonidan o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz, tibbiy yordamga ehtiyoji mavjud hamda turli muammolarga duch kelgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning muammolarini hal etish, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb qilish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🔺Deputat tomonidan daftarga kiritilgan xotin-qizlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning murojaatlari va takliflari tinglandi. O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 2