35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия муҳокамасига тайёргарлик доирасида ўрганиш ўтказилди
янв.21
Маҳалла фаоллари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Мурожаатлар билан ишлаш қонунчилиги ўрганилди
янв.21
Конимех туман Кенгаши котибиятида ҳафталик йиғилиш ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахслар ҳуқуқлари ва имтиёзлари ўрганилди
янв.21
Сессияси кун тартибига киритилиши режалаштирилган масалалар жойига чиққан ҳолда ўрганилди
Piyodalar xavfsizligi va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq deputatlar U.Aripbayev va F.Axmedov tomonlaridan kotibiyat xodimi N.Kurganova ishtirokida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, piyodalar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududdagi piyodalar infratuzilmasi holati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida aholi gavjum hududlar, ta’lim muassasalari, tibbiyot muassasalari hamda markaziy ko‘chalar atrofida joylashgan piyodalar o‘tish joylari, yo‘l belgilari, svetoforlar, sun’iy yo‘l notekisliklari va piyodalar yo‘laklarining holati ko‘zdan kechirildi. Deputatlar tomonidan piyodalarning xavfsiz harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar, ayniqsa bolalar, keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun mavjud qulayliklar tahlil qilindi.

🔺O‘rganish jarayonida mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, piyodalar ishtirokidagi baxtsiz hodisalarning oldini olish va infratuzilmani yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

🔺Tadbir yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, piyodalar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, zarur joylarda yo‘l belgilari va ogohlantiruvchi vositalarni o‘rnatish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik tavsiyalari berildi. Deputatlik nazorati doirasida mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilib, aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar muntazam o‘rganib boriladi.

Slide 1 of 2