35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия муҳокамасига тайёргарлик доирасида ўрганиш ўтказилди
янв.21
Маҳалла фаоллари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Мурожаатлар билан ишлаш қонунчилиги ўрганилди
янв.21
Конимех туман Кенгаши котибиятида ҳафталик йиғилиш ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахслар ҳуқуқлари ва имтиёзлари ўрганилди
янв.21
Сессияси кун тартибига киритилиши режалаштирилган масалалар жойига чиққан ҳолда ўрганилди
Deputat qabuli: Fuqarolar murojaatlari joyida hal etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 11-«O‘rmonbog‘» saylov okrugi deputati N.Shomatov «Mo‘yi-muborak» mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar qabuli o‘tkazdi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Jumladan, fuqaro Z.Xalilova oilaviy nizolar bilan bog‘liq masalada, fuqaro A.Soliyeva esa mahalla infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan o‘z murojaatini yo‘lladi.

Deputat, mahalla yettiligi vakillari bilan birgalikda murojaatlarni atroflicha o‘rganib chiqdi hamda ularni hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rdi.

Natijada fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaliy yechimlar ishlab chiqilib, murojaatchilarning talablari qanoatlantirildi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish va ularning muammolariga yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1