35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия муҳокамасига тайёргарлик доирасида ўрганиш ўтказилди
янв.21
Маҳалла фаоллари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Мурожаатлар билан ишлаш қонунчилиги ўрганилди
янв.21
Конимех туман Кенгаши котибиятида ҳафталик йиғилиш ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахслар ҳуқуқлари ва имтиёзлари ўрганилди
янв.21
Сессияси кун тартибига киритилиши режалаштирилган масалалар жойига чиққан ҳолда ўрганилди
Aholining bepul dori vositalari bilan ta’minlanishi o‘rganildi.

Aholining bepul dori vositalari bilan ta’minlanishi o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 21-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati D.Sharopova o‘z saylov okrugida joylashgan oilaviy poliklinikada bo‘lib, aholiga bepul berilishi belgilangan dori vositalari bilan ta’minlanish holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida poliklinikadagi mavjud dori-darmon zaxiralari, ularni saqlash sharoitlari hamda imtiyozli toifadagi fuqarolarga bepul tarqatish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mas’ul tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, aholining dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Deputat tomonidan fuqarolarning bepul dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilash, dori ta’minotida uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda murojaatlarga tezkor munosabat bildirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5