35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия муҳокамасига тайёргарлик доирасида ўрганиш ўтказилди
янв.21
Маҳалла фаоллари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Мурожаатлар билан ишлаш қонунчилиги ўрганилди
янв.21
Конимех туман Кенгаши котибиятида ҳафталик йиғилиш ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахслар ҳуқуқлари ва имтиёзлари ўрганилди
янв.21
Сессияси кун тартибига киритилиши режалаштирилган масалалар жойига чиққан ҳолда ўрганилди
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Gulchexra Axmedova “Alisherobod” mahallasida navbatdagi o‘rganish tadbirlarini o‘tkazdi. 

“Mahalla yettiligi” bilan tashkil etilgan uchrashuvda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda yoshlar yetakchisi mahallada yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida yoshlarga yaratilayotgan qo‘shimcha sharoitlar yuzasidan ma’lumot berdi. 

Shuningdek, yoshlarning yozgi ta’til vaqtlarini unumli o‘tkazishlari uchun hududdagi maktabda oromgoh tashkil etilagani va turli to‘garaklar faoliyati to‘g‘risida aytib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvda deputat va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i mahalladagi yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berdilar.

Slide 1 of 3