35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сессия муҳокамасига тайёргарлик доирасида ўрганиш ўтказилди
янв.21
Маҳалла фаоллари билан очиқ мулоқот ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Мурожаатлар билан ишлаш қонунчилиги ўрганилди
янв.21
Конимех туман Кенгаши котибиятида ҳафталик йиғилиш ўтказилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGASHINING  NAVBATDAGI YIGIRMA OLTINCHI SESSIYASI O'TKAZILDI
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
Ногиронлиги бўлган шахслар ҳуқуқлари ва имтиёзлари ўрганилди
янв.21
Сессияси кун тартибига киритилиши режалаштирилган масалалар жойига чиққан ҳолда ўрганилди
Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish — barchamizning vazifamiz!

Bolalarni zararli axborotdan himoya qilish — barchamizning vazifamiz!

O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni bolalarning jismoniy, ruhiy va ma’naviy kamolotini asrashga xizmat qiladi.

Mazkur qonunga ko‘ra, bolalarni zo‘ravonlik, shafqatsizlik, giyohvandlik, qimor o‘yinlari, o‘z joniga qasd qilishni targ‘ib etuvchi, pornografik hamda axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi axborotlardan himoya qilish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

🔹 Axborot mahsulotlari yosh toifalariga qarab 0+, 7+, 12+, 16+ va 18+ toifalarga ajratiladi.
🔹 Ta’lim muassasalari, ota-onalar, mahalla va jamoatchilik bolalarning axborot xavfsizligini ta’minlashda faol ishtirok etadi.
🔹nternet va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda bolalarning manfaatlari ustuvor hisoblanadi.

Farzandlarimizni zararli axborotlardan asrash, ularning sog‘lom va barkamol voyaga yetishi uchun barchamiz mas’ulmiz.