Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 4-Uch yog‘och – Qarabog‘ saylov okrugidan saylangan deputati K. Xashimova tomonidan “Qarabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida muhim o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur deputatlik nazorati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28-martdagi PQ-141-sonli qarori “Islom taraqqiyoti banki ishtirokida ‘Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish’ (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat ijrosi doirasida tashkil etildi.

🔍 Nazorat davomida “Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” qo‘shma loyihasi asosida moliyalashtirilayotgan 35-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

💰 Loyiha doirasida mazkur ta’lim muassasasiga 3 milliard 900 million so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar hisobidan:

maktab binosini mukammal ta’mirlash,

50 o‘rinli zamonaviy oshxona qurish,

sport zalini barpo etish ishlari rejalashtirilgan.

🏗 Hozirda qurilish ishlari belgilangan reja asosida davom etmoqda. Deputat tomonidan ishlarning sifati, muddatlarga rioya etilishi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi alohida nazoratga olindi.

✅ O‘rganish yakunida mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilib, ishlarni jadallashtirish hamda sifatini oshirish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar bildirildi.

Slide 1 of 4