Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

        Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashiga 4-“Do‘stlik” saylov okrugidan saylangan deputat I.Raximov hamda kotibiyat mudiri M.Kamolovalar tomonidan “Do‘stlik” MFY hududidagi aholi va bolalar uchun mo‘ljallangan sport inshootlari holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hududdagi sport maydonchalari, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud infratuzilmaning holati hamda sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, 18-maktab sport zalining bugungi holati, sport anjomlarining yetarliligi, ulardan foydalanish darajasi hamda sport zalining jihozlanish holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. O‘quvchi-yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish maqsadida yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi.
O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, sport inshootlarini yanada yaxshilash hamda sport anjomlari bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom avlodni tarbiyalash va sport infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6