Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Сайловчилар билан учрашув
янв.21
Депутат томонидан қўйчилик хўжалиги фаолияти ўрганилди
янв.21
Қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
#JARAYON
янв.21
Ижтимоий-иқтисодий дастурлар ижроси амалда
янв.21
Аҳоли бандлиги масалалари ўрганилди
янв.21
Доимий комиссиясининг навбатдаги йиғилиши ўтказилди
янв.21
Депутат олис чўл ҳудудидаги маҳаллада ижтимоий хизматлар ҳолатини ўрганди
янв.21
Маҳаллада бандлик ва ижтимоий ҳимоя масалалари кўздан кечирилди
XOTIRA MAYDONCHASI OBOD MASKANGA AYLANMOQDA

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati B.Djumaniyazovning tashabbusi bilan shahrimizdagi S.Nichupurenko xotirasiga bag‘ishlab o‘rnatilgan xotira maydonchasi atrofida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi. 

Xususan, hududdagi manzarali daraxtlar va gullarni sug‘orish tizimidagi muammolar hal etilib, doimiy oqava suv tarmog‘i yetkazib berildi. Shuningdek, maydoncha atrofi chiqindilardan tozalanib, ko‘kalamzorlashtirish ishlari yakuniga yetkazildi. 

Bu kabi xayrli ishlar nafaqat tarixiy shaxslar xotirasiga bo‘lgan hurmatni ifodalaydi, balki mahalla ahli va shahrimiz mehmonlari uchun shinam dam olish maskani bo‘lib xizmat qiladi. Obodlik ko‘ngildan boshlanadi, bunday tashabbuslar esa shahrimiz qiyofasini yanada go‘zallashtirishga xizmat qilishi shubhasiz. 

Slide 1 of 1